Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Parkentda sayyohlarga sharoit yaratilmoqda

Parkentda sayyohlarga sharoit yaratilmoqda

Shu kunlarda Parkent tumaniga sayyohlar qatnovi ancha ortdi. Ayniqsa, hududdagi Qizil tog‘ qo‘rg‘onining keng qir-adirlari oilaviy dam oluvchilar bilan gavjum.

Xususan, “So‘qoq” yoki “Qizil tog‘” kabi manzillarga hordiq chiqarish maqsadida boruvchi fuqarolar uchun tirbandliklarning oldini olish hamda harakatni to‘g‘ri tashkil etish maqsadida joriy yil 10-14 aprel kunlarida transport vositalarining harakatlanish yo‘nalishi hududda vaqtincha o‘zgardi. Asosiysi, qatnovda hech qanday cheklovlar yo‘q. Maqsad shu joylarga boruvchi va qaytuvchilarga qulaylik yaratish, harakat xavfsizligini ta’minlashdir. Yo‘l bo‘ylaridagi YHT xodimlari tomonidan qatnovlar nazoratga olingan. O‘z navbatida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati hokimligi, viloyat turizm boshqarmasi, Milliy gvardiya Toshkent viloyati boshqarmasi, viloyat IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Katta yo‘l bo‘ylarida avtotransport vositalari uchun maxsus avtoturargoh, biohojatxona, ko‘chma chiqindi qutilari, ovqatlanish nuqtalari va savdo do‘konlari tashkil etilgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, oxirgi uch kun davomida 100 ming nafarga yaqin sayyoh shu yerga kelgan va bu raqamlar ortib bormoqda. Asosiy vazifa hudud tabiatiga ziyon yetkazmaslik va uni sof holatda saqlashdir. Viloyat mas’ullari tomonidan sayyohlar o‘rtasida targ‘ibot ishlari ham olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:03 13.04.2024. O'qildi: 548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!