Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Parijda «sariq nimchalilar»ning polisiya bilan to‘qnashuvlari boshlandi

Parijda «sariq nimchalilar»ning polisiya bilan to‘qnashuvlari boshlandi

Parijdagi Opera maydonida «sariq nimchalilar»ning referendum o‘tkazish talabi bilan uyushtirgan norozilik namoyishi yakuniga yetgach, ular Sen-Lazar vokzali tomon o‘tkazilmadi. Shundan so‘ng, «Kommersant’» xabariga ko‘ra, namoyishchilar polisiya bilan mushtlashishni boshlagan. Bu vaqtda namoyishchilar safida 3 mingga yaqin odam bo‘lgan.

Polisiya xodimlari shahar bo‘ylab tarqoq harakat qilayotgan namoyishchilar guruhlarining birlashishiga yo‘l qo‘ymaslikka urinmoqda. Hozirgacha Parij bo‘ylab namoyishlar vaqtida 95 kishi ushlangan, ulardan 63 nafari hibsxonaga joylashtirilgan.

Fransiyadagi ommaviy norozilik namoyishlari noyabrdan beri davom etmoqda. «Sariq nimchalilar» harakati dastlab benzin narxi oshishiga qarshi bir namoyish o‘laroq shakllangan edi, keyinroq hukumat siyosatidan norozilar ham ularning safiga qo‘shildi.

Ushbu norozilik namoyishlari sabab Fransiya prezidenti Emmanyuyel Makron o‘tgan hafta mamlakatda iqtisodiy va ijtimoiy favqulodda holat tartibini joriy etgan.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 20:37 15.12.2018. O'qildi: 1883 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!