Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Parijda 2024 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Parijda 2024 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘yinlarning ochilish marosimi tarixda birinchi marta stadionda emas, balki shahar makonida, shuningdek, daryoda bo‘lib o‘tdi – har bir mamlakat delegasiyasi Sena daryosi bo‘ylab alohida suv transport vositalarida suzib o‘tishdi. Yo‘nalish uzunligi 6 km ga yaqin bo‘lib, yakuniy shou Trokadero maydonida bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadaning rasmiy veb-saytida qayd etilishicha, ochilish marosimida 206 mamlakat milliy olimpiya qo‘mitasi vakillaridan iborat 10 mingdan ortiq sportchi ishtirok etdi. Parijdagi XXXIII yozgi Olimpida o‘yinlari 2024 yilning 26 iyulidan 11 avgustiga qadar davom etadi.

Ushbu Olimpiada o‘yinlarida Rossiya va Belarus jamoalari ishtirok etmaydi, 15 nafar rossiyalik va 17 nafar belaruslik sportchilarga turnirda neytral maqomda qatnashishlariga ruxsat berilgan.

Kiritildi: 01:28 27.07.2024. O'qildi: 4287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!