Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

"Parazitlar" rejissyori “Venesiya” festivali hakamlar hay’atiga rahbar etib saylandi

"Parazitlar" rejissyori “Venesiya” festivali hakamlar hay’atiga rahbar etib saylandi

“Kann” kinofestivali mukofotiga sazovor bo‘lgan "Parazitlar" filmi muallifi janubiy koreyalik kinorejissyor Pon Jun Xo “Venesiya” kinofestivali asosiy tanlovining xalqaro hakamlar hay’atiga rahbarlik qiladi.

Bu haqda TASS kinofestival rahbariyati e’loniga asoslanib xabar berdi.

Festivalning badiiy rahbari Alberto Barbera o‘z tanlovini tushuntirib, Pon Jun Xoni "zamonaviy kino dunyosining eng o‘ziga xos vakillaridan biri" deb atadi.

“Parazitlar” kartinasi, shuningdek, "Eng yaxshi film", "Eng yaxshi rejissyor", "Eng yaxshi asl ssenariy" va "Eng yaxshi chet tilidagi film" nominasiyalarida "Oskar" mukofotlarini qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot o‘rnida, 78-“Venesiya” kinofestivali 2021 yilning 1 sentyabridan 11 sentyabrigacha bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 20:31 16.01.2021. O'qildi: 1485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!