Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ozodlikdan mahrum etish joylarida “Ombudsman qutilari” o‘rnatiladi

Ozodlikdan mahrum etish joylarida “Ombudsman qutilari” o‘rnatiladi

Prezident tomonidan 28.08.2024 yildagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-948-son Qonun imzolandi.

Jinoyat-ijroiya kodeksida mahkumlarni ombudsmanga murojaatlar qutisi orqali murojaat etish huquqlari belgilanmoqda.

Jazoni ijro etish muassasalarining har bir turar joy sektorida, sanoat zonalarida, qisqa va uzoq muddatli uchrashuvlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan binolarda mahkumlar murojaatlarni qoldirishi uchun qulay bo‘lgan joyda Ombudsmanga murojaatlar qutisi, tarbiya koloniyalarida esa qo‘shimcha ravishda Bolalar ombudsmaniga murojaatlar qutisi o‘rnatiladi

Quti faqat Ombudsman, Bolalar ombudsmani yoki ularning kotibiyatlari xodimlari tomonidan ochiladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.08.2024 yildan kuchga kirdi.



Kiritildi: 12:05 01.09.2024. O'qildi: 1045 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!