Bu haqda yopilgani haqida respublika Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Oyxon Hojizoda ma’lum qildi. Bundan tashqari “TASS” va Report nashrlarining Hojizodaga tayanib yozishicha, Ozarbayjon “Amerika ovozi” radiosi muxbirining akkreditasiyasini bekor qildi. Bu qarorning sabablari ma’lum qilinmagan.
“Rossiya segodnya” mediaguruhi matbuot xizmatining “RIA Novosti”ga xabar berishicha, ular vakolatxonani tugatish to‘g‘risida rasmiy xabar olmagan.
BBC bayonotida aytilishicha, Ozarboyjon tomoni vakolatxonaning yopilishi haqida og‘zaki ravishda xabardor qilgan. Jurnalistlar o‘zi faoliyatini "vaziyat aniq bo‘lmaguncha" to‘xtatdi.