Ozarboyjon sudi tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ning sobiq prezidenti va uning safdoshlarini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi — “Meduza”.
Boku harbiy sudi 2023 yil kuzida qo‘lga olingan Tog‘li Qorabog‘ning harbiy-siyosiy rahbariyatiga nisbatan hukm e’lon qildi.
2020 yil mayidan 2023 yil 1 sentyabrigacha tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasiga rahbarlik qilgan Araik Arutyunyan umrbod ozodlikdan mahrum etildi. Xuddi shunday jazo tan olinmagan respublikaning mudofaa armiyasi sobiq qo‘mondoni Levon Mnasakanyan, uning o‘rinbosari David Manukyan hamda Tog‘li Qorabog‘ning sobiq tashqi ishlar vaziri David Babayanga ham tayinlandi.
Respublikaning yana ikki nafar sobiq prezidenti Arkadiy Gukasyan va Bako Saakyan 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur ish bo‘yicha jami 15 kishi javobgarlikka tortilmoqda. Ozarboyjon rasmiylari ularni “tinchlik va insoniyatga qarshi” qator jinoyatlarda ayblamoqda. Jumladan, agressiv urushga tayyorgarlik ko‘rish va olib borish, genosid, urush qonunlari va odatlarini buzish, shuningdek terrorizm, terrorizmni moliyalashtirish, hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallash va uni zo‘ravonlik bilan saqlab qolish hamda boshqa jinoyatlar qayd etilgan.