Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Ozarbayjonda maishiy zo‘ravonlik uchun jazo kuchaytirildi

A A A
Ozarbayjonda maishiy zo‘ravonlik uchun jazo kuchaytirildi

Prezident Ilhom Aliyev Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarni tasdiqladi.

Endilikda maishiy sabablarga ko‘ra iqtisodiy xarakterdagi noqonuniy cheklovlardan foydalanish va psixologik zo‘ravonlik kabi huquqbuzarliklar uchun jarima solinadi. Buzilish takroran sodir etilgan taqdirda, shaxs 500 dan 700 manatgacha miqdorda jarima yoki 60 soatdan 100 soatgacha jamoat ishlari yoxud 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olinishi mumkin.

Jabrlanuvchiga qisqa muddatli himoya orderini berishdan bosh tortganlik uchun ham javobgarlik belgilandi. Buning uchun mansabdor shaxslar 300 dan 500 manatgacha jarimaga tortilishi mumkin.

Kiritildi: 14:13 16.04.2024. O'qildi: 513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!