Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Ozarbayjon va Armaniston vakillari Qozog‘istonda uchrashadi

Ozarbayjon va Armaniston vakillari Qozog‘istonda uchrashadi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenga Armaniston bilan yaqin orada muzokaralar olib borilishi haqida ma’lum qildi, deb yozadi «Orda.kz».

Ilhom Aliyevning aytishicha, Ozarbayjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari o‘rtasidagi muzokaralar yaqin orada Olmaotada bo‘lib o‘tadi, bu muzokaralar tinchlik shartnomasini ilgari surishga bag‘ishlanadi.

Qozog‘iston uzoq vaqtdan beri o‘zini tinchlik muzokaralari uchun platforma sifatida taklif qilib keladi. Prezident Qosim-Jomart Toqayev 15 aprel kuni Yerevanga tashrifi chog‘ida Armaniston-Ozarbayjon muloqotini qabul qilishga tayyorligini ma’lum qildi.

Kiritildi: 18:17 29.04.2024. O'qildi: 436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!