Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ozarbayjon Ukrainaga qurol yetkazib bermaydi

Ozarbayjon Ukrainaga qurol yetkazib bermaydi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev uning davlati Ukrainaga qurol yetkazib bermasligini va faqat gumanitar yordam yetkazib berish bilan cheklanishini aytdi.

«Biz Ukrainaga 30 million yevrodan ortiq gumanitar va moliyaviy yordam ko‘rsatdik. Irpen shahrida rekonstruksiya ishlarini olib bormoqdamiz... Boshqa hech narsa. Garchi bizdan so‘ralsa ham, biz Ukrainaga qurol bermaymiz, buni aniq aytishimiz mumkin, bermaymiz. Gumanitar yordam – ha, qurol – yo‘q», — dedi davlat rahbari Ozarbayjon Ukrainaga harbiy yordam bera oladimi, degan savolga javoban.

Ilhom Aliyev Ukrainadagi urush qanday va qachon tugashini bilmasligini aytdi. U Ozarbayjon Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Prezident urush Bokuning Moskva bilan strategik munosabatlariga ta’sir qilmasligi kerakligini ta’kidladi.

Kiritildi: 18:19 25.04.2024. O'qildi: 501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!