Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ozarbayjon terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi

Ozarbayjon terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi
"RIA Novosti"ning ma’lum qilishicha, Ozarbayjon terma jamoasi bosh murabbiyi Gurban Gurbanov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu qarorga Ozarbayjon futbol federasiyalari uyushmasining Ijroqo‘m yig‘ilishida kelindi.
 
Shanba kuni Bokuda Ozarbayjon futbol federasiyalari uyushmasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda terma jamoaning Yevropa millatlar ligasi hamda so‘nggi jahon chempionati saralash o‘yinlaridagi ishtiroki muhokama qilingan. Ko‘pchilik tomonidan Ozarbayjon terma jamoasining ushbu musobaqalarda qayd etgan natijalari qoniqarsiz baholandi. Shuningdek yig‘ilish davomida mamlakatda bolalar va o‘smirlar futbolini rivojlantirish strategiyasi belgilab olindi.
 
Manba: uza.uz
Kiritildi: 20:36 08.12.2018. O'qildi: 1222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!