Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ozarbayjon Yevropaga gaz yetkazib berishni ikki baravar oshiradi

A A A
Ozarbayjon Yevropaga gaz yetkazib berishni ikki baravar oshiradi

Boku energetika sohasida belgilagan strategik hamkorlik 2027 yil oxirigacha Yevropaga gaz yetkazib berish hajmini ikki baravar oshirishni nazarda tutadi. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 18 iyul kuni Oksfordda bo‘lib o‘tgan «Evropa siyosiy ittifoqi»ning IV sammitida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi, deb xabar beradi Minval Telegram kanali.

«Agar 2021 yilda Yevropa qit’asiga gaz yetkazib berish hajmi yiliga 8 milliard kub metrni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 13 milliard kub metrga yaqinlashadi. Agar 2021 yilda umumiy eksport hajmi 18 milliard kub metrni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 25 milliard kub metrni tashkil etadi. Eksportning yarmidan ko‘pi Yevropaga to‘g‘ri keladi», — dedi Aliyev.

Kiritildi: 23:43 18.07.2024. O'qildi: 1075 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!