Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ozarbayjon Erondagi elchixonasida ish faoliyatini qayta tikladi

Ozarbayjon Erondagi elchixonasida ish faoliyatini qayta tikladi

Ozarbayjon Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi elchixonasi 12 apreldan boshlab ish faoliyatini qayta tikladi, deb xabar berdi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, dastlabki bosqichda elchixona cheklangan xodimlar bilan ishlaydi. Unga elchi, shuningdek, bir qator diplomatik va ma’muriy xodimlar kiradi.

“Xavfsizlik masalalari va tashkiliy jihatlarni hisobga olgan holda, elchixona faoliyati bosqichma-bosqich tartibga solinadi”, – deyiladi TIV bayonotida.

Shuningdek, diplomatik vakolatxona ishining qayta tiklanishi Eronda harbiy harakatlar to‘xtatilganidan va ikki haftalik sulh e’lon qilinganidan keyin amalga oshirilgani ta’kidlandi. Bu qadam Ozarbayjonning qo‘shni va do‘stona Eron bilan munosabatlarga alohida ahamiyat berishini ko‘rsatadi.

Tashqi ishlar vazirligi yana bir bor mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, mintaqadagi keskinlik tufayli Ozarbayjon ilgari Tehron va Tabriz shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalar xodimlarini evakuasiya qilishga qaror qilgan edi.

Keyinchalik tomonlar davlat chegarasi orqali yuk tashishni qayta tikladilar.

Kiritildi: Bugun 15:45. O'qildi: 339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!