Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Ozarbayjon boshqa xalqlar urushining bir qismi bo‘lmaydi

 Ozarbayjon boshqa xalqlar urushining bir qismi bo‘lmaydi

Boku Tehronni Ozarbayjon hududidan Eronga qarshi hujumlar uchun foydalanishga yo‘l qo‘ymasligiga ishontirdi va siyosiy kelishuv muhimligini ta’kidladi.

Ozarbayjon o‘z hududidan hech qaysi davlat qurolli kuchlari tomonidan uchinchi tomonga, jumladan “qo‘shni va do‘st Eron”ga qarshi foydalanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov o‘zining eronlik hamkasbi Abbos Aragchi bilan telefon muloqoti chog‘ida aytib o‘tdi.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida Aragchi Isroilning Eronga hujumi va Tehronning javob choralari haqida ma’lumot bergan. Bayramov Bosh shtab boshlig‘i, yuqori martabali zobitlar va tinch aholi vakillarining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. U Bokuning Eron yadro inshootlari atrofidagi vaziyatdan xavotirda ekanini qayd etdi.

Ozarbayjon TIV rahbari Boku har qanday xalqaro inqirozni faqat tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori ekanini ta’kidladi.

“Muammolarni faqat muloqot va diplomatik vositalar orqali, xalqaro huquq normalari va tamoyillariga muvofiq hal qilish muhim”, — deyiladi TIV bayonotida.

Bayramov, shuningdek, Eron havo hududining yopilishi fonida Ozarbayjon chet el fuqarolarini quruqlik chegarasi orqali evakuasiya qilish uchun sharoit yaratganini ham xabar qildi.

Isroil bir kun avval Eron yadroviy dasturining asosiy elementlariga katta zarbalar berdi. Tehron bunga javoban Isroilga yuzlab ballistik raketalarni uchirdi. Har ikki tomon o‘nlab qurbonlar haqida xabar bermoqda.

Isroil bu operasiya Eronning yadroviy salohiyatini yo‘q qilishga qaratilganini aytdi. Tel-Avivning aytishicha, Eron atom bombasi yaratishga yaqin.

Eron bu ayblovlarni rad etib, yadroviy qurolga ega bo‘lishga intilmasligini ta’kidlaydi.

Kiritildi: 21:04 14.06.2025. O'qildi: 1059 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!