Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Oybek Kasimov Osiyo Olimpiya kengashining "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi

Oybek Kasimov Osiyo Olimpiya kengashining "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida Osiyo Olimpiya kengashining (OOK) 43-Bosh Assambleyasi o‘z ishini boshladi.

Dastavval, OOKning amaldagi rahbari Raja Randxir Singx barcha delegatlarni qutlab, kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi. Assambleya Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Tomas Baxning OOK oilasiga yo‘llagan murojaati bilan boshlandi.

Oybek Kasimov Osiyo Olimpiya kengashining "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi

Shundan so‘ng uzoq yillar qit’amizda Olimpiya harakati rivojiga hissa qo‘shgan mutasaddilarga OOKning eng nufuli sovrini – "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni topshirildi. Ahamiyatlisi, ulardan biri O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimovga tantanali ravishda taqdim etildi. Oybek Omilovich mukofotni Raja Randxir Singxdan qabul qilib oldi.

Oybek Kasimov Osiyo Olimpiya kengashining "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi

43-Bosh Assambleya o‘z ishini davom ettirmoqda. Tadbir doirasida mezbon davlatlar oldinda turgan yirik kompleks musobaqalarga tayyorgarlik bo‘yicha taqdimot o‘tkazadi. Shu jumladan, O‘zbekiston tomoni ham Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlariga ko‘rilayotgan hozirlik bo‘yicha qit’adoshlarimizga ma’lumot beradi.

Oybek Kasimov Osiyo Olimpiya kengashining "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi

Kiritildi: 14:25 11.05.2024. O'qildi: 1284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!