Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Oxir zamondagi qavmlar

Oxir zamondagi qavmlar

— "Rasulullohning "Oxir zamonda yoshlari kichik, aqllari past qavm keladi. Ular Qur’onni tilovat qiladilar. Ammo kekirdaklaridan nariga o‘tmaydi. Ular odamlarning eng yaxshi gaplarini aytadilar. Ular o‘q ovdan chiqqandek dindan chiqadilar. Ularning iymoni bo‘g‘zidan nariga o‘tmaydi. Ularni qayerda ko‘rsangiz qatl qiling. Albatta, ularni qatl qilganlarga qiyomat kuni ajr bordir" deganlarini  eshitdim". Buxoriy, Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyati.

Shu hadis haqida agar men xavorijlikni qo‘llayotgan, o‘zbeklarni ermaklayotgan, imomlarimizni  haqorat qilayotgan Suriya, Afg‘ondagi siyosiy urushlarni jihod deb yoshlarning ongiga ta’sir etayotgan Abdulloh Zufarni topgan joyimda qatl qilsa bo‘ladimi?

— Bu hadisi sharif bundan boshqa iboralar va yo‘llar bilan ham kelgan. Ulardagi umumiy ma’no dinni yaxshi tushunmagan, anglamagan yoshlar jamoasi din himoyasi da’vosida bo‘lishi, lekin hamma ish va harakatlari yuzaki va riyokorlik bo‘lishi, dindan juda ham uzoqlashib ketishlari va beboshliklar islomga ko‘p zarar yetkazishi va ularni o‘ldirgan kishi yaxshi ish qilgan bo‘lishi haqidadir. Ulardagi ma’nolar siz aytayotgan kishining chiqish va chaqiriqlarida ham topilyapti.

Ammo qatl masalasi o‘ta nozik masala. Bunga zarurat bo‘lganda va hamma shartlar to‘liq topilganda, ulamolarning kengashi bilan hokim tomonidan qaror qabul qilingandagina, bu ish joiz bo‘ladi.

Alloh yanada biluvchi.

Mubashshir Ahmad

Kiritildi: 19:22 11.12.2019. O'qildi: 4719 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!