Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

«Ovoz» loyihasining gonorariga salkam 2 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi

«Ovoz» loyihasining gonorariga salkam 2 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi

O‘zbekistonda o‘tkazilishi kutilayotgan «Ovoz» (The Voice franshizasi) loyihasi tashkilotchilari uchun gonorarga byudjetdan salkam 2 mlrd. so‘m ajratilgan.

Masalan, teleloyihada qatnashuvchilarning ustozlari (3 kishi, Farrux Zokirov, Sevara Nazarxon va Tohir Sodiqov) uchun oyiga 38 mln. so‘mdan 6 oy davomida (684 mln. so‘m) gonorar yozilgan.

6 nafar sozandaga 14,5 mln. so‘mdan 6 oy davomida 522 mln. so‘m, musiqa direktori uchun 38 mln. so‘mdan 6 oy davomida 228 mln. so‘m ajratilgan. Eng ko‘p gonorar badiiy rahbarga belgilangan: 57 mln. so‘mdan 6 oyda 342 mln. so‘m.

Kiritildi: 14:45 08.04.2024. O'qildi: 1090 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!