Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

OTMlarda masofaviy ta’limni joriy etish tartibi belgilandi

OTMlarda masofaviy ta’limni joriy etish tartibi belgilandi

Bu haqda Hukumatning tegishli qarori (559-son, 03.10.2022 y.) qabul qilindi.

Bakalavriat va magistratura bosqichlarida darslarni masofaviy ta’lim orqali tashkil etish uchun OTMlarda:

masofaviy ta’limni boshqarish uchun “Learning Management System” platformasi;
internetga ulanish va foydalanish uchun axborot-kommunikasiya infratuzilmasi;
o‘quv yili uchun mo‘ljallangan o‘quv kontenti;
fanlarning elektron o‘quv-metodik majmualari hamda ilmiy va o‘quv adabiyotlarining elektron bazasi;
kompyuter texnikasi bilan jihozlangan alohida bino yoki auditoriyalar;
texnik va dasturiy komponentlar ishlashini ta’minlaydigan muhandis-texnik xodimlar;
ta’lim tashkilotiga tegishli bo‘lgan, mamlakat hududida joylashgan server qurilmasi;
ta’lim tashkiloti to‘g‘risidagi barcha axborotlar joylashtirilgan rasmiy veb-sahifa bo‘lishi talab etiladi.

Masofaviy ta’lim asosida kadrlar tayyorlashda bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 300 nafar, bir magistratura mutaxassisligi 30 nafar talabadan ortiq bo‘lmasligi lozim.

Masofaviy ta’limda o‘qishga qabul qilingan talaba quyidagi hollarda oliy ta’lim tashkilotiga kelishi shart:

o‘quv jarayoni boshlanishidan avval – LMS platformasida ro‘yxatdan o‘tish uchun;
har semestr yakunida – yakuniy nazorat topshirish uchun.

Shuningdek:
yakuniy davlat attestasiyasi;
bitiruv malakaviy va magistrlik ishi himoyasi bevosita oliy ta’lim tashkilotida an’anaviy tarzda amalga oshiriladi.

Masofaviy ta’lim shakli to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Kiritildi: 18:03 04.10.2022. O'qildi: 2327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!