Bugun 26 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

OTMga kirishning «oson yo‘li»: $8 ming evaziga 3-bosqichga va’da qilingan

OTMga kirishning «oson yo‘li»: $8 ming evaziga 3-bosqichga va’da qilingan

Toshkentda oliy ta’lim muassasasiga noqonuniy tarzda o‘qishga kiritish bilan bog‘liq holat fosh etildi. Tezkor tadbir Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan.

Ma’lum qilinishicha, 1997 yilda Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida tug‘ilgan, hozirda Toshkent shahrida yashovchi shaxs tanishlari yordamida fuqaroni Rossiyadagi oliy ta’lim muassasasida 2 yil o‘qigani haqidagi soxta hujjatlar asosida poytaxtdagi xususiy oliygohning 3-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.

Bu xizmat evaziga u 8 ming AQSh dollari talab qilgan va 7500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tezkor tadbir davomida undan 7500 dollarni olgan 1993 yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida ro‘yxatda turuvchi va Toshkentda vaqtincha yashovchi fuqaro ham ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv jarayonida mazkur ishga Yakkasaroy tumani IIO FMB inspektor-psixologi ham aloqador ekani aniqlangan. U ham 7500 dollarni olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 20:04 25.09.2026. O'qildi: 456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!