Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

OTMga kirish imtihonlari vaqtida kimdir koronavirus yuqtirib olsa, kompensasiya to‘lanadimi?

OTMga kirish imtihonlari vaqtida kimdir koronavirus yuqtirib olsa, kompensasiya to‘lanadimi?

2020/2021 o‘quv yili va imtihonlar tashkil etilishi bilan bog‘liq mavzularda AOKA shtabiga aholidan kelib tushayotgan savollarga Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyev javob berdi.

— Stadionlarda test imtihonida qatnashayotgan guruh nazoratchilari va ma’sullar jarayon vaqtida koronavirus yuqtirib olsa, kompensasiya to‘lab beriladimi?

— Test sinovi o‘tkazishga oid amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarda bular ko‘zda tutilmagan. Biroq aytish kerakki, bunday hollarda bemor albatta diqqat-e’tiborda bo‘ladi.

— Abituriyent olgan balliga qarab nechanchi o‘rinda turganini qanday bilishi mumkin? Faqat http://mandat.dtm.uz sayti orqalimi?

— Shaxsiy kabinet orqali ham bilsa bo‘ldai. Kengaytirilgan ma’lumotlarni Davlat test markazining www.dtm.uz rasmiy sayti va https://t.me/rasmiydtm telegram kanali orqali olish mumkin.

— Bu yil kirish imtihonlariga IELTS sertifikati o‘tadimi?

— 5.5 va undan yuqori darajadagi IELTS sertifikatiga ega abituriyentlarga ingliz tili fanidan maksimal ball beriladi.

— Sirtqi ta’lim shaklida imtihonlar onlayn bo‘ladimi?

— Sirtqi va kechki ta’lim shakllarida ham imtihonlar 2 sentyabrdan boshlanadi va ochiq maydonlarda o‘tkaziladi.
 

Kiritildi: 15:46 13.08.2020. O'qildi: 2269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!