Bugun 13 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Otasi tashlab ketgan bloger millionlab insonlarning "ota"siga aylandi

Otasi tashlab ketgan bloger millionlab insonlarning "ota"siga aylandi

Amerikalik Rob Kinni You Tubeda "Ota, buni qanday qilish kerak?" kanalini ishga tushirdi. Ikki oydan kam vaqt ichida 900 mingga yaqin odam kanalga a’zo bo‘lgan. Rob kanali orqali ota bolasiga berishi mumkin bo‘lgan odatiy maslahatlarni video shaklida tarqatadi.

Robning oilasida o‘zidan tashqari yana yetti farzand bo‘lgan. Otasi bloger 12 yoshligida ularni tashlab ketgan, shuning uchun u bolaligini katta akasi bilan o‘tkazgan. Kris Xart ismli feysbuk foydalanuvchisi Bobning tarjimai holini e’lon qilgach, kanaldagi obunachilar soni bir necha bor — 41 mingdan bir milliongacha oshdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, faqat onasi bilan katta bo‘lgan yoki ota-onasidan bevaqt ayrilganlar allaqachon Kinnini o‘zlariga "ota" deb hisoblashadi. «Mening oldimda uzoq umr yo‘li bor. Odamlarga o‘zim bilgan narsalarni o‘rgatishim lozim. Evaziga ulardan ajoyib izohlar olaman! Bu juda yaxshi", — dedi Kinni.

Kiritildi: 12:40 21.05.2020. O'qildi: 3445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!