Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Otam shafqatsiz bo‘lmagan": Saddam Husaynning qizi intervyu berdi (VIDEO)

"Otam shafqatsiz bo‘lmagan": Saddam Husaynning qizi intervyu berdi (VIDEO)

Iroqning marhum rahbari Saddam Husaynning qizi Saudiya Arabistoni kanaliga intervyu berdi. Bu haqda Misrdagi NoonPost nashri xabar berdi.

Ragad Saddam Husayn 15 yil davomida ommaviy axborot vositalarining e’tiborini jalb qilmadi va arab ekranlarida ko‘rinmadi.

Saudiya Arabistoni kanaliga bergan intervyusida u otasi, bolaligi, Husayn Kamel bilan turmush qurishi va uning o‘limi, Iroqning Kuvaytga bostirib kirishi va nihoyat, mamlakat hududida mojarolarni keltirib chiqarishda Eronning roli haqida gapirib berdi.

Saddamning qizi otasining hukmronligi va uning qatlidan keyingi davrni qanday ta’riflashini aytib berdi. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, uning oilasi Bag‘dod qulaganidan keyin ko‘plab qiyin vaziyatlarni boshdan kechirgan va Suriya hamda Iordaniya o‘rtasida ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lgan.

Saddam Husayn davridagi va hozirgi Iroqni taqqoslab, u avval xalq katta hurmatga sazovor bo‘lgani va hech kim xalqni xafa qila olmasligini, mamlakat farovon bo‘lganini ta’kidladi.

"Odamlar bolalarining xavfsiz ekanligiga va tirikchilik qila olishiga ishongan holda yashashgan", dedi Ragad.

Mamlakatdagi mavjud vaziyat haqida gap ketganda, Saddam Husaynning qizi Iroqdagi bo‘linish hozirgi bosqichdagi eng muhim muammo ekanligini bildirdi. U sodir bo‘layotgan voqeada Eronni aybladi. “Eronliklar Iroqni qonuniy hokimiyat bo‘lmagan taqdirda egallab olishdi va mamlakat oson nishonga aylandi. Hech qanday jiddiy qarshilik yo‘q, shuning uchun Eron aralashuvi shafqatsiz miqyosga ega bo‘ldi", dedi Ragad.

Saddam Husaynning atrofidagi odamlar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lganligi haqidagi ayblovga javoban qizi otasining qanday inson bo‘lganini aytdi. Unga ko‘ra, Saddam bolalari bilan birga baliq ovlagan, suzishgan va otda yurishgan, uyga kelganda esa ularni bag‘riga bosgan. 

Mamlakat siyosiy hayotida ishtirok etishni xohlashi haqidagi savolga Ragad "Hamma narsa bo‘lishi mumkin", deb javob qaytardi.

Ma’lumot uchun, Iroqning sobiq prezidenti Saddam Husayn AQSh 2000-yillarning boshlarida Iroqqa bostirib kirgandan so‘ng hokimiyatdan chetlatilgan va 2006 yil 30 dekabrda Iroq sudi tomonidan qatl etilgan.

 

Kiritildi: 17:55 23.02.2021. O'qildi: 6000 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!