Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Ota qizini majburlab turmushga berishi mumkinmi?

Ota qizini majburlab turmushga berishi mumkinmi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Etim qizdan o‘zi haqida izn so‘raladi. Agar sukut saqlasa, o‘sha uning iznidir. Agar bosh tortsa, uni majburlash yo‘q», dedilar».

«Sunan» egalari rivoyat qilganlar.

Sharh: «Etim qizlar» deganda otasi va valiy bo‘ladigan qarindoshlari yo‘qligi tufayli boshqa bir odamning tarbiyasida o‘sgan qizlar tushuniladi. Odatda, bunday qizlarni o‘zlaridan so‘rab-so‘ramay, erga berib yuborish hech gap bo‘lmay qolgan. Ammo xoh yetim bo‘lsin, xoh yetim bo‘lmasin, qizlarni majbur qilib, erga berish shariatga mutlaqo xilof ekanligini mana shu rivoyatlardan ko‘rib turibmiz. Bunday qilish katta zulm hisoblanadi.

Islom hukmlaridan bexabar kishilar qizlarga Alloh tomonidan berilgan bu haqni poymol qilib kelganlar. Ular qizlarning roziligini so‘ramay, norozi bo‘lsalar, urib-so‘kib, erga berganlar. Bu esa doimo Islom dushmanlari tomonidan dinimizga ayb sifatida qo‘yib kelingan. Musulmonman deb yurganlarning noshar’iy ishlari o‘zlariga gunoh bo‘lishi bilan birga, dinimiz dushmanlarining tegirmoniga suv quyishini shundan bilib olsak ham bo‘ladi.

Xonsa bintu Xidom al-Ansoriya roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

«Otasi u kishini so‘ramay, juvon holida erga berdi. Bu unga yoqmay, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi. Bas, u zot uning nikohini bekor qildilar».

Buxoriy va Abu Dovud rivoyat qilganlar.

Sharh: Demak, juvon ayolni o‘zidan so‘ramay yoki majbur qilib, birovning nikohiga berib bo‘lmaydi. Islom dini bunday vaqtda o‘sha ayolga qoziga arz qilish huquqini beradi. Arz qilingan chog‘ida esa qozi unday nikohni buzish haqida hukm chiqaradi. Izn so‘ramay nikohlangan chog‘da ish ayolning roziligiga bog‘liq bo‘lib qoladi. U roziman, desa, nikoh nikoh bo‘ladi, bo‘lmasa, buziladi.

Manba: muslim.uz

Kiritildi: 23:58 20.05.2020. O'qildi: 7262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!