Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Ota-onasi tirikligida jannatga kira olmagan odam

A A A
Ota-onasi tirikligida jannatga kira olmagan odam

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Burni yerga ishqalsin, burni yerga ishqalsin, burni yerga ishqalsin», dedilar.

«Ey Allohning Rasuli, kimning?» deyishdi.

«Ota-onasi yoki ulardan biri keksaligida ular bilan birga yashab, do‘zaxga kirgan kishining», dedilar».

Sharh: Demak, ota-ona ulug‘ yoshga kirganlarida ularning xizmatini qilib, roziligini topib qolsa, jannatga kirar ekan, aks holda do‘zaxga kirar ekan. Ikkovlari bo‘lmasa, bittasi – yo ota, yo ona bo‘lsa ham, ana shu holat bo‘lar ekan.

Bu hadisi sharif ham ota-onaning roziligini topish qanchalik muhim ish ekanini ta’kidlamoqda. Bandaning jannat yoki do‘zaxga kirishiga sabab bo‘ladigan amallardan biri ota-onaga bo‘ladigan munosabat ekanini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa ota-ona keksayganlarida alohida ehtiyotlik bilan ularga yaxshilik qilish payida bo‘lish zarurligini bildirmoqda.

Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:

1. Tinglovchining e’tiborini tortish uchun bir ishning oqibatini takror-takror aytish mumkinligi.

2. Olim va rahbar kishidan biror masala oqibati haqidagi gapni eshitganda, bu oqibat kim uchun ekanini so‘rash lozimligi.

3. Ota-onasi bo‘la turib, ularning roziligini topib, jannatga kirishga sazovor bo‘lolmay qolgan odam baxtsiz shaxs ekani.

Kiritildi: 13:16 01.12.2018. O'qildi: 2361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!