Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Ot tufayli yuz bergan avtohalokat natijasida 3 nafar o‘zbekistonlik o‘ldi

Ot tufayli yuz bergan avtohalokat natijasida 3 nafar o‘zbekistonlik o‘ldi

Qozog‘istonning  Turkiston viloyatida polisiyachilar besh kishining o‘limiga olib kelgan yo‘l-transport hodisasi haqidagi jinoyat ishini tekshirmoqda.

Hodisa 5 noyabr kuni taxminan tungi 1 da Chordara tumani hududida yuz bergan. Aniqlanishicha, Chordara-Abay trassasida «MAZ» yuk mashinasi haydovchisi yo‘lga yugurib chiqqan otni bosib ketgan. So‘ng yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, Lexus avtomobili bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida Lexus haydovchisi, olmaotalik erkak va uning to‘rt nafar yo‘lovchisi — Chordara tumani fuqarosi va uch nafar O‘zbekiston fuqarosi olgan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘ldi. Lexus’ning O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan yana bir yo‘lovchisi shikastlanishlar bilan tuman kasalxonasining jonlantirish bo‘limiga joylashtirildi.

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Yuk mashina haydovchisi, Qizilo‘rda viloyati fuqarosi hibsga olindi. Otning egasi kimligi aniqlashtirilmoqda.

Manba: sof.uz

Kiritildi: 10:50 06.11.2018. O'qildi: 1837 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!