Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning uchrashuvi Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti doirasida boshlandi.
Bu haqda Turkiya prezidenti devonida xabar berildi.
“Prezident Erdo‘g‘onning Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi boshlandi”, — deya xabar bermoqda “TASS”.
Avvalroq Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov aytganidek, Kreml Erdo‘g‘on Putin bilan uchrashuvda Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha tashabbuslarni bayon etishini tan oldi.