Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Ostonada 11 davlat rahbarlari sammitga yig‘iladi

Ostonada 11 davlat rahbarlari sammitga yig‘iladi

12-13 oktyabr kunlari Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti bo‘lib o‘tadi.

Turkiya, Rossiya, Eron va 11 davlat rahbarlari Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning VI sammitida ishtirok etish uchun Ostonada yig‘iladi.

Bu haqda Ostonadagi matbuot anjumanida Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 12-13 oktyabr kunlari poytaxt Ostona shahrida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev raisligida O‘HMning VI sammiti bo‘lib o‘tadi.

Sammitda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Eron Ibrohim Raisi, Ozarbayjon Ilhom Aliyev, Iroq Barham Solih, Falastin Mahmud Abbos, O‘zbekiston Shavkat Mirziyoyev, Qirg‘iziston Sadir Japarov, Tojikiston Imomali Rahmon va Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Tani ishtirok etadi. Sammitga Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ham kuzatuvchi davlat rahbari sifatida taklif etilgan.

Kiritildi: 19:41 10.10.2022. O'qildi: 4249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!