Osiyoda JCH-2026 saralashining 3-bosqichiga qur’a tashlash marosimi 27 iyun kuni o‘tkaziladi. 18 jamoa qur’a natijasida 3 guruhga taqsimlanadi. O‘zbekiston qur’a paytida 3-savatdan o‘rin oladi.
Savatlar:
1-savat: Yaponiya, Eron, J.Koreya
2-savat: Avstraliya, Qatar, Iroq
3-savat: S.Arabistoni, O‘zbekiston, Iordaniya
4-savat: BAA, O‘mon, Bahrayn
5-savat: Xitoy, Falastin, Qirg‘iziston
6-savat: KXDR, Indoneziya, Kuvayt
Uchinchi bosqichda o‘z guruhlarida dastlabki 2 ta o‘rinni egallagan jamoalari JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi!
P.S. Kecha tunda Saudiya Arabistoni o‘z uyida Iordaniyaga yutqazib qo‘ygach, jamoa 3-savatga tushib qoldi. Iroq esa 2-savatga ko‘tarildi. Iordaniya kechagi g‘alaba tufayli 3-savatga chiqib olgan bo‘lsa, BAA 4-savatga tushdi.