Xitoyning dunyoning qolgan qismi bilan savdo profitsiti deyarli 1 trillion AQSh dollariga etdi. 2023 yilda uning jahon eksportidagi ulushi 14 foizni tashkil etgan, AQShniki esa 8,5 foiz bo‘lgan.
Xitoy o‘zini Osiyo savdo markaziga aylantirish maqsadida mintaqa davlatlari bilan hamkorlik qilmoqda. Xitoyning "Bir kamar, bir yo‘l" tashabbusi 150 ga yaqin mamlakatda infratuzilmani moliyalashtirmoqda, chunki Xitoy kompaniyalari Amerika bojlaridan qochish va bozorlarini xilma-xil qilish uchun xalqaro miqyosda sarmoya kiritmoqda.
Hozirgi kunda Xitoy jahon ishlab chiqarishining 35 foizini tashkil etadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bashoratiga ko‘ra, 2030 yilga kelib bu ko‘rsatkich 45 foizga yetadi.
Xitoy bu maqomga samarali, yuqori sifatli infratuzilma barpo etish orqali erishdi.
Shuningdek, u raqobatbardosh va innovasion texnologik hamda tijorat ekotizimlarini shakllantirdi. Yaqinda sohani tubdan o‘zgartirayotgan Xitoyning sun’iy intellekt startapi DeepSeek paydo bo‘lgani buni yaqqol ko‘rsatib turibdi.