Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Osiyo Kubogi. O‘zbekistonlik hakamlar 2-turning ikki bahsida ishlaydi

Osiyo Kubogi. O‘zbekistonlik hakamlar 2-turning ikki bahsida ishlaydi

OFK 2-turning ba’zi o‘yinlarida ishlaydigan rasmiylar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, B guruhi doirasidagi Xitoy — Janubiy Koreya uchrashuvini qatarlik Muhammad Ahmad Al Shammari boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari yordam beradi. O‘zbekistonlik Rustam Lutfullin zaxira hakami, Alisher Usmonov esa beshinchi hakam sifatida ishlaydi.

Shu guruhning boshqa juftligi BAA — Yaponiya uchrashuvini tojikistonlik Sadullo Gulmurodi boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradi. Qanotlarda unga hamyurtlari yordam bersa, o‘zbekistonlik Sanjar Shoyusupov beshinchi hakam, Firdavs Norsafarov esa VAR hakami sifatida ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Rustam Lutfullin boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi birinchi turdan o‘rin olgan Janubiy Koreya – BAA terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni boshqargan edi.

Kiritildi: 11:38 18.04.2024. O'qildi: 485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!