Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston turnirni g‘alaba bilan boshladi

Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston turnirni g‘alaba bilan boshladi

Qatarda start olgan Osiyo kubogi U23 1-turi doirasida O‘zbekiston olimpiya jamoasi Malayziyaga qarshi maydonga tushdi.

Dohadagi «Xalifa» stadionida o‘tgan bahsda Jasur Jaloliddinov 10-daqiqada penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, zaxiradan maydonga tushgan Ulug‘bek Hoshimov 83-daqiqada jamoamizning ikkinchi goliga mualliflik qildi – 2:0.

Shu tariqa, Temur Kapadze shogirdlari turnirni g‘alaba bilan boshladi. Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Vyetnam bugun Kuvaytga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 21:41 17.04.2024. O'qildi: 1200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!