Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston olimpiya jamoasi Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, yarimfinalga chiqdi

A A A
Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston olimpiya jamoasi Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, yarimfinalga chiqdi

Bugun yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati chorak final o‘yinida O‘zbekiston termasi amaldagi chempion Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushdi va g‘alaba qozondi.

Murosasiz o‘tgan o‘yinning birinchi bo‘limida Husayn Norchayev qo‘shib berilgan daqiqalarda hisobni chiroyli gol bilan ochib bergan bo‘lsa, 84-daqiqada Umarali Rahmonaliyev hisobni 2:0 ga yetkazdi. O‘yinning 71-daqiqasida saudiyalik Ayman Yahyo ikkinchi sariq kartochka olib, maydonni tark etdi.

Endi terma jamoamiz 29 aprel kuni yarim finalda Indoneziyaga qarshi o‘ynaydi.

Osiyo kubogi, chorak final

O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni 2:0
Gollar: Norchayev 45+2, Rahmonaliyev 84

Kiritildi: 21:21 26.04.2024. O'qildi: 1033 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!