Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Osiyo Kubogi—2019. Avstraliya bugun Falastin bilan o‘ynaydi, Qirg‘iziston esa Janubiy Koreya bilan jang qiladi

Osiyo Kubogi—2019. Avstraliya bugun Falastin bilan o‘ynaydi, Qirg‘iziston esa Janubiy Koreya bilan jang qiladi

11 yanvar, juma kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi 2-turi doirasida 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

B guruhining navbatdagi o‘yini Falastin va Avstraliya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, B guruhining birinchi o‘yinida Iordaniya termasi Suriya terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shundan so‘ng Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Bernd Shtange vazifasidan bo‘shatildi.

C guruhining dastlabki to‘qnashuvida Filippin terma jamoasi Xitoy termasiga qarshi maydonga tushadi. O‘yinga 18:30 da start beriladi.

Xuddi shu kuni C guruhidagi ikkinchi uchrashuv ham o‘tkaziladi. Unda Qirg‘iziston terma jamoasi Janubiy Koreya termasi bilan bahs boylaydi. Bellashuv 21:00 da boshlanishi belgilangan.

Osiyo Kubogi 2019

2-tur bahslari

11 yanvar, juma

Falastin Avstraliya 16:00

Filippin Xitoy 18:30

Qirg‘iziston Janubiy Koreya 21:00

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 09:23 11.01.2019. O'qildi: 1516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!