Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Osiyo chempionati-U23. Saudiya Arabistoni ilk yarim finalchiga aylandi

Osiyo chempionati-U23. Saudiya Arabistoni ilk yarim finalchiga aylandi

Tailandda o‘tayotgan U-23 Osiyo chempionatining chorak final bahslariga start berildi. Dastlabki o‘yinda mezbon Tailand olimpiya jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 78-daqiqasida Abdulloh Al-Hamdan tomonidan 11 metrlik jarima zarbasidan kiritilgan gol Saudiya Arabistoni olimpiyachilarini dastlabki yarim finalchiga aylantirdi. Bugun shuningdek, Avstraliya - Suriya o‘yini ham o‘tkaziladi.

Saudiya Arabistoni turnir yarim finalida BAA - O‘zbekiston jutfligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu yarim final o‘yini 22 yanvar kuni o‘tkaziladi.

Osiyo chempionati. Chorak final.

18 yanvar. Rangsit.

Saudiya Arabistoni - Tailand 1:0

Gol: Abdulloh Al-Hamdan 78 penaltidan.

Kiritildi: 19:11 18.01.2020. O'qildi: 2137 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!