Bugun 4 iyul, 2024 yil, payshanba

КИР

«Osiyo bolalari» o‘yinlarida delegasiyamiz hisobidagi medallar soni 31 taga yetdi

«Osiyo bolalari» o‘yinlarida delegasiyamiz hisobidagi medallar soni 31 taga yetdi

Rossiya Federasiyasining Yakutsk shahrida davom etayotgan «Osiyo bolalari» o‘yinlarining dzyudo bahslari ham polvonlarimiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi.

Dzyudo musobaqalarining ilk kunida 5 nafar dzyudochilarimiz g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldi. Aniqrog‘i, Xushnud Sultonov (-46 kg.), Xushnud Burxonov (-50 kg.) va Muhammadkarim Nozirov (-55 kg.) o‘z vazn toifalarida barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

«Osiyo bolalari» o‘yinlarida delegasiyamiz hisobidagi medallar soni 31 taga yetdi

Vazni 40 kilogrammgacha bo‘lgan Dinora Hasanova finalga qadar raqiblari ustidan zafar quchib kumush medalga ega chiqqan bo‘lsa, Dilnoza Hamidova -44 kg.da bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

«Osiyo bolalari» o‘yinlarida delegasiyamiz hisobidagi medallar soni 31 taga yetdi

Shu tariqa, dzyudochilarimizning 3 oltin va 1 tadan kumush hamda bronza medallaridan so‘ng, delegasiyamiz hisobidagi medallar soni 11 ta oltin, 11 ta kumush va 9 ta bronza, jami 31 taga yetdi.

Musobaqa davom etmoqda.

Kiritildi: 17:19 30.06.2024. O'qildi: 516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!