Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Orol bo‘yidagi Texno: Mo‘ynoqda elektron musiqa — “Stixiya” festivali o‘tkaziladi

Orol bo‘yidagi Texno: Mo‘ynoqda elektron musiqa — “Stixiya” festivali o‘tkaziladi

2022 yil 6-8 may kunlari Mo‘ynoqdagi kemalar qabristonida «Stixiya» elektron musiqa, san’at va fan festivali bo‘lib o‘tadi. Loyiha 2017 yilda Mo‘ynoq shahrida Orol dengizining ekologik halokatidan xabardorlikni oshirish va mintaqaning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish, shuningdek, O‘zbekistonda yashovchi xalqlarni butun dunyoga tanitish maqsadida ishlab chiqilgan.

Bugungi kunda Orol fojeasi butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng keskin ekologik muammo bo‘lib qolmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida jahon hamjamiyatini ushbu tabiiy ofatga e’tibor qaratishga va bu borada sa’y-harakatlarni birlashtirishga chaqirgan edi.

Bugungi kunda «Stixiya» butun dunyodan musiqachilar, «Dj»lar, prodyuserlar, rassomlar va olimlar ishtirokidagi bir nechta loyihalarning aralashmasiga aylandi. Ularning barchasini yer yuzidagi o‘ziga xos maskanda diqqatga sazovor joy yaratish maqsadi birlashtiradi.

Bu yilgi festival uchun uchta alohida-alohida sahna yaratiladi: elektron, progressiv va etnik. Unda O‘zbekiston, Turkiya, Rossiya, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Niderlandiya, Ukraina, Fransiya, Shvesiya va Yaponiyadan 30 ga yaqin mashhur «DJ»lar ishtirok etishi kutilmoqda.

Festival o‘zida «Stixiya Gen loyihalari», «Forum Stixiya N+1», «6 milliard daraxt» va turli ijtimoiy tashabbuslarni qamrab oladi.

Loyihalar va festival dasturi haqida batafsil ma’lumotlar tez kunlarda ma’lum qilinadi.

Festivalga chiptani www.stihia.org saytidan xarid qilishingiz mumkin.

Kiritildi: 16:12 11.03.2022. O'qildi: 2350 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!