AQSh prezidenti Nikolas Maduroni qo‘lga olish uchun maxsus operasiya o‘tkazgan Venesueladagi voqealar jahon bozorlarida neft narxining oshishiga olib kelishi mumkin.
Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Facebook’dagi sahifasida yozdi.
Uning ta’kidlashicha, Vengriya hukumati bunga javoban mamlakat energetika kompaniyalari bilan shoshilinch maslahatlashuvlar o‘tkazgan.
"Biz Vengriya energetika sektoridagi asosiy ishtirokchilar bilan Vengriyani Venesuela inqirozi oqibatlaridan himoya qilish uchun maslahatlar o‘tkazdik, bu esa narxlarning oshishiga olib kelishi mumkin. Vengriya hukumati bu borada ishlamoqda", - deya qayd etdi Orban.
Shu bilan birga, u AQShning Venesueladagi harbiy harakatlariga hech qanday siyosiy baho berishdan tiyilib, u yerda Vengriya fuqarolari jabrlanmaganini ta’kidladi.