Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Oqoltinda ikki avtomashina to‘qnashdi va yonib ketdi

Oqoltinda ikki avtomashina to‘qnashdi va yonib ketdi

2020 yil 26 oktyabr kuni soat 18:45 larda haydovchi A.N "Neksiya" rusumli avtomashinasini Oqoltin tumani hududidan o‘tgan 4R33 avtomobil yo‘lining 9 kilometrida Guliston-Uchtom yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotib tezlik yuqori bo‘lganligi sababli rul boshqaruvini yo‘qotib qarama-qarshi harakatlanish bo‘lagiga o‘tib ketib, ushbu yo‘nalishda kelayotgan "Niva Shevrolet" rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib yo‘l transport xodisasi sodir etgan.

Natijada yong‘in kelib chiqib transport vositalari butkul yonib ketgan.

Haydovchilarga yong‘indan zarar yetmagan, YTX natijasida xaydovchilar yengil tan jaroxati olib Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Kiritildi: 09:44 27.10.2020. O'qildi: 2001 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!