Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Oq uy Xitoyning Tayvan bo‘g‘ozidagi harakatlari kuchayib borayotganini aytdi

A A A
Oq uy Xitoyning Tayvan bo‘g‘ozidagi harakatlari kuchayib borayotganini aytdi

Qo‘shma Shtatlar Xitoyning Tayvan bo‘g‘ozi hududidagi harakatlari mintaqadagi keskinlikni oshirishiga ishonch bildirdi. Bu haqda Oq uy vakili ma’lum qildi.

“Bu harakatlar Xitoyning status-kvoni o‘zgartirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini sezilarli darajada oshirdi. Ular provokasion, mas’uliyatsiz va noto‘g‘ri hisob-kitob qilish xavfini oshiradi", - deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.

Amerika ma’muriyati rasmiysiga ko‘ra, Pekinning harakatlari amerikaliklar tomonidan mintaqada qo‘yilgan maqsadlarga, jumladan, Tayvan bo‘g‘ozining har ikki tomonida tinchlik va barqarorlikni saqlashga zid keladi.

Avvalroq Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi uzoq masofali artilleriyadan foydalanib, Tayvan bo‘g‘ozining sharqiy qismidagi suvlarda jonli o‘t ochishni amalga oshirgani ma’lum qilingandi.

Kiritildi: 08:10 07.08.2022. O'qildi: 3635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!