Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Oq uy: Ukrainaga yordam berish uchun mablag‘ yil oxirigacha tugashi mumkin

A A A
Oq uy: Ukrainaga yordam berish uchun mablag‘ yil oxirigacha tugashi mumkin

Oq uy spikeri Mayk Jonsonga yo‘llagan maktubida yozilishicha, AQSh Kongressi Kiyevga yordam ko‘rsatish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratishni ma’qullamasa, AQShning yil oxirigacha Ukraina uchun qurol-yarog‘ va texnika sotib olish uchun resurslari tugaydi.

Oq uy boshqaruv va byudjet byurosi direktori Shalanda Yang: “Bizda pul yetishmayapti va deyarli vaqtimiz ham yo‘q", — deya ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika qurol-yarog‘i va jihozlarini yetkazib berishni to‘xtatish nafaqat Ukraina erishgan muvaffaqiyatlarni xavf ostiga qo‘yadi, balki Rossiya harbiylarining g‘alaba qozonish ehtimolini ham oshiradi.

"Noyabr oyi o‘rtalariga kelib Pentagon Ukrainaga yordam berish uchun olgan 62,3 milliard dollarning 97 foizidan foydalandi", — deya qayd etdi Oq uy.

"Agar bizning yordamimiz to‘xtatilib qo‘yilsa, bu Ukraina uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Dunyo bo‘ylab ittifoqchilarimiz ko‘proq harakat qilishgan bo‘lsa-da, AQShning yordami juda muhim va uni boshqalar to‘ldirib bera olmaydi", — deya ta’kidladi Oq uy. AQSh harbiy paketlari yordami allaqachon kamaygan va yetkazib berish cheklangan.

Kiritildi: 18:46 04.12.2023. O'qildi: 1396 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!