Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Oq uy matbuot kotibi koronavirusga chalindi

A A A
Oq uy matbuot kotibi koronavirusga chalindi

Oq uyning rasmiy vakili Jen Psakida koronavirus aniqlandi va u karantinda qolishga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda Oq uy bayonotiga tayanib, «RBK» xabar berdi.

«Chorshanba kuni Oq uyning yuqori martabali amaldorlari va tibbiyot jamoasi bilan kelishgan holda oila a’zolarimda koronavirus aniqlangani sabab yuzaga kelgan favqulodda vaziyat tufayli prezident bilan xorij safariga chiqmaslik bo‘yicha qaror qabul qildim. Shundan buyon men karantindaman», — deydi Psaki.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ketma-ket to‘rt kun koronavirusga topshirgan PZR-testi salbiy chiqqan, ammo 31 oktyabrdagi test natijasi ijobiy bo‘lgan.

Psakining aniqlik kiritishicha, u «chorshanbadan beri prezident Jo Bayden va Oq uyning yuqori martabali shaxslari bilan aloqada bo‘lmagan». «Bugungi test natijasi ijobiy chiqqanini shaffoflik nuqtai nazaridan ma’lum qilmoqdaman… Vaksina sabab menda yengil belgilar kuzatilmoqda, bu esa uydan turib ishlashimga imkon beradi», — deya ta’kidlaydi matbuot kotib.

Shuningdek, u «ekspress-test javobi salbiy chiqqanidan keyingi o‘n kunlik karantin yakunlangach» Oq uyga qaytishini ma’lum qilgan.

Jen Psaki AQSh sobiq prezidenti Barak Obama administrasiyasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Oq uy matbuot kotibi lavozimini esa Jo Bayden AQSh prezidentligi lavozimiga kirishgach, egallagan.

Kiritildi: 12:31 01.11.2021. O'qildi: 2335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik