Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Oq uy Jamol Qoshiqchi bo‘yicha bayonot bilan chiqdi

Oq uy Jamol Qoshiqchi bo‘yicha bayonot bilan chiqdi

Oq uy jurnalist Jamol Qoshiqchining hayotdan ko‘z yumgani haqidagi xabarlardan so‘ng ta’ziya izhor qildi. Bu haqda NBC News xabar bermoqda.

Bayonotga ko‘ra, Amerika tomoni hodisani surishtiruvdan o‘tkazish ishlarini jiddiy kuzatishda davom etmoqda. Ta’kidlanishicha, Qo‘shma Shtatlar barcha normalarga javob beradigan shaffof tekshiruvdan manfaatdordir.

«Biz janob Qoshiqchi hayotdan ko‘z yumgani haqidagi xabarlarni eshitib qayg‘uga tushdik, uning oilasi, qallig‘i va do‘stlariga ta’ziya izhor etamiz», - deya ta’kidlab o‘tishgan idoradan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya podshohi Qoshiqchining o‘limiga oid ma’lumotlar ortidan amaldorlarni ishdan haydagandi.

Manba: kun. uz

Kiritildi: 14:02 20.10.2018. O'qildi: 1244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!