Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

«Oppengeymer» rejissyori Kristofer Nolan risar unvoniga sazovor bo‘ladi

«Oppengeymer» rejissyori Kristofer Nolan risar unvoniga sazovor bo‘ladi

«Oskar» mukofotini qo‘lga kiritgan «Oppengeymer» rejissyori Kristofer Nolan risar unvonini oladi. Uning rafiqasi, kino prodyuseri Emma Tomas xonim unvonini oladi.

"53 yoshli Nolan faoliyatidagi ilk «Oskar» mukofotini (eng yaxshi rejissyor) mart oyida "atom bombasining otasi" haqida suratga olingan «Oppengeymer» biografik filmi uchun qo‘lga kiritgandi. «Oppengeymer», shuningdek, "eng yaxshi film" nominasiyasini ham oldi, mavsumning eng sovrindor kinoasariga aylandi", — deb yozdi kanal.

Kristofer Nolan «Esla» (2000), «Betmen: Ibtido» (2005), «Qora risar» (2008), «Ibtido» (2010), «Interstellar» (2014), «Betmen Supermenga qarshi» (2016), «Dyunkerk» (2017) kabi o‘nlab filmlari bilan tilga tushgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, Kristofer Nolanning rafiqasi Emma Tomasga ledi (xonim) maqomi beriladi.

Kiritildi: 13:19 29.03.2024. O'qildi: 535 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!