Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

“Open budget”ning yangi mavsumi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

A A A
“Open budget”ning yangi mavsumi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

2025 yil uchun Ochiq byudjet loyihalari taqvimi tasdiqlandi. Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yanvar oyida 2024-2025 o‘quv yili uchun “Mening maktabim” loyihasi bo‘lib o‘tadi. Ovoz berish 13-17 yanvar kunlari o‘tkaziladi.

Loyihaning 2025-2026 o‘quv yili uchun mavsumi oktyabr oyiga mo‘ljallangan. Loyihalarni kiritish 1-10 oktyabrda, ovoz berish esa 21-30 oktyabr kunlari bo‘ladi.

Tashabbusli byudjetning birinchi mavsumiga esa 1 fevral kuni start beriladi. Birinchi mavsum g‘oliblari 21 mart kuni e’lon qilinadi. Birinchi mavsum 48 kun davom etadi.

Tashabbusli byudjetning ikkinchi mavsumi 15 iyulda boshlanadi va 30 kun davom etadi. Ikkinchi mavsum g‘oliblari 1 sentyabr kuni e’lon qilinishi belgilangan.
“Mening bog‘cham” loyihasi esa 1-10 iyun kunlari o‘tkaziladi.

Kiritildi: 01:30 10.01.2025. O'qildi: 6389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!