Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Onlayn qimor ortidan jinoyatgacha

A A A
Onlayn qimor ortidan jinoyatgacha

Xorazm viloyati Xorazm tumanida yashovchi M.YU., ariza bilan murojaat qilib, telegram messenjerida o‘zini bank xodimi deb tanishtirgan shaxs yillik 12 foizdan 30.000.000 so‘m kredit olib berishini va’da qilib, uning ishonchiga kirib bank kartasi boshqaruvini qo‘lga kiritganligi va mavjud 1.260.000 so‘m pullarini noma’lum ravishda o‘zlashtirganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, firibgarlik yo‘li bilan pullarni o‘zlashtirgan shaxs Xorazm viloyati Xorazm shahrida yashovchi 1995 y.t., S.O. ekanligi aniqlangan.

S.O. jabrlanuvchi ishonchiga kirib, uning bank kartasi boshqaruvini qo‘lga kiritib, pullarni o‘zlashtirganligi va ularni onlayn qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga tikib yuborganligi ma’lum bo‘ldi.

S.O.ga nisbatan O‘zR. JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 07:52 15.12.2022. O'qildi: 2431 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik