Rostov viloyati sudi ayolning e’tiborsizligi tufayli chaqaloqni o‘ldirganlik aybini tan oldi. Bu haqda Rossiya Federasiyasining hududiy boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tergov natijalariga ko‘ra, farzandini ovqatlantirganidan so‘ng onasi uning yonida uxlab qoladi va o‘zi bilmagam holda uning og‘zini va burni o‘z tanasi bilan yopib qo‘yadi. Qisqa vaqtdan so‘ng chaqaloq havo yetishmasligi sabab vafot etadi.
Sud ayolni bir yilga ozodlikdan mahrum qildi.