Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ommaviy depressiya, allergiya - karantindan keyin yana qanaqa muammolar yuzaga keladi?

Ommaviy depressiya, allergiya - karantindan keyin yana qanaqa muammolar yuzaga keladi?

Rossiyalik doktor Yevgeniy Komarovskiy karantin tugaganidan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar haqida gapirdi deb xabar beradi gazeta.ru nashri.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, pandemiyadan aziyat chekkan ko‘plab mamlakatlarda karantin tugagandan so‘ng, ommaviy depressiya paydo bo‘ladi. Buning sababi pul yetishmasligi va kelajakka ishonchsizlikdir.

Bundan tashqari, muntazam emlashning buzilishi sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Koronavirusning tarqalishi fonida bolalarda allaqachon davolangan kasalliklarga qarshi emlanmaydi.

Komarovskiy shuningdek, allergik kasalliklar sonining ko‘payishi mumkinligini ta’kidladi, chunki hozirda keng miqyosda qo‘llanilayotgan dezinfeksiyalash vositalari ko‘plab insonlarda allergiya qo‘zg‘ashi mumkin.

Kiritildi: 07:12 05.04.2020. O'qildi: 2488 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!