AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi mutaxassislari odamning lablari, terisi va tirnoqlarining kulrang bo‘lishi "Omikron" koronavirus shtammi bilan kasallanganligini ko‘rsatishi mumkinligini aniqladi, deb yozadi The Mirror.
“Klassik” koronavirus bilan kasallanishning uchta asosiy belgisi yuqori isitma, doimiy yo‘tal, ta’m yoki hid sezgilarining yo‘qolishi yoki o‘zgarishi hisoblanadi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Shu bilan birga, The Mirror ta’kidlaydi, "Omikron" belgilari ko‘proq sovuqqa o‘xshaydi va bu alomatlar ko‘pincha bemorlar va shifokorlar tomonidan "engil" deb ta’riflanadi. Biroq terining, lablarning va tirnoqlarning rangi o‘zgargan bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Olimlarning ta’kidlashicha, bu alomatlar qondagi kislorod miqdori pastligini ko‘rsatishi mumkin.