Oltinning birjadagi narxi aprel oyi boshidan beri eng past darajaga tushdi. Chikago tovar birjasida (CME) 14 may, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan savdolarda oltinning iyun fyucherslari 1,69 foizga arzonlashib, bir unsiya uchun 3193 dollarni tashkil etdi.
Toshkentda soat 17:47 holatiga ko‘ra o‘tkazilgan savdo ma’lumotlari shundan dalolat beradi. Bir unsiya oltin narxi oldingi safar 11 aprelda $3200 darajasidan past bo‘lgan.
Oltin arzonlashmoqda, chunki AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo sulhi boshpana aktivlarining jozibadorligini pasaytirdi, deb yozadi Reuters. AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo keskinligining yumshashi global resessiya xavfini kamaytirdi va investorlarning riskka bo‘lgan ishtahasini oshirdi.
O‘tgan oyda oltin narxi savdo urushining kuchayishi bilan bog‘liq xavotirlar fonida bir unsiya uchun 3500 dollardan oshib, rekord darajaga yetdi.