Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Olot tumanida fuqarolarga soxta arxiv ko‘chirmalari yozib berilganligi aniqlandi

Olot tumanida fuqarolarga soxta arxiv ko‘chirmalari yozib berilganligi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman davlat arxivi mas’ul shaxslari 11 ta holatda fuqarolarga yer maydoni ajratilganligi to‘g‘risida soxta arxiv ko‘chirmalari yozib berganliklari natijasida fuqarolar tomonidan ushbu ko‘chirmalar davlat xizmatlari markaziga taqdim qilinib, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan jami 1,65 ga yer maydoniga qurilgan uy-joylarga asossiz mulk huquqi e’tirof etilib, davlat va jamoat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

👉 t.me/Department_uz

Kiritildi: 13:32 23.07.2021. O'qildi: 2743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!